Bugungi kunda zamonaviy hayotni yuqori sifatli aloqasiz tasavvur qilish qiyin. Texnologiyalar tufayli biz dunyoning narigi burchagidagi inson bilan jonli tarzda suhbatlasha olamiz, xizmatlar uchun haq to‘laymiz, bilim olamiz... Xullas, onlayn hayot kechiramiz.
Tezkor mobil internet bo‘lmaganida esa, darhol o‘zimizni noqulay his qilamiz. Insonlarga qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa kompaniyalari tayanch stansiyalari sonini ko‘paytirib, yangi texnologiyalarni taqdim etishga intilishmoqda.
Butun dunyoda mijozlarning ortib borayotgan ehtiyojlari, ularning istalgan joyda va vaqtda doimiy aloqada бўлиш talabi mobil operatorlar uchun yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Statistik maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, yildan yilga dunyo aholisi internetdan ko‘proq foydalanmoqda. Hozirgi kunda mobil internet va интернетга statsionar simsiz ulanish texnologiyasi foydalanuvchilari bir oy ichida 108 eksabayt yoki, boshqacha қилиб aytganda, deyarli 116 milliard gigabayt internet sarflashmoqda.
O‘zbekistonda Mobiuz kompaniyasi misolida qo‘yidagi maʼlumotlarni keltirishimiz mumkin. Kompaniya abonentlari soatiga 50 terabaytga yaqin mobil internet sarflaydi. Bunday o‘sib borayotgan ehtiyojni qoplash maqsadida kompaniya tomonidan 2170 dan ziyod tayanch stansiyalari ishga turildi.
Har bir yangi tayanch stansiyasi aholi uchun qo‘shimcha qulaylik ekanligi shubhasiz. Radiochastota signallari yordamida maʼlumot uzatuvchi tayanch stansiyalar orqali biz yaqinlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz mumkin. Lekin yangi tayanch stansiyasini o‘rnatishda maʼlum standartlar mavjudmi?