Biz ijtimoiy tarmoqlarda
O‘zbekistonda VoLTE qamrovi beshta hududga yetdi

Shu yilning iyun oyida Mobiuz mobil aloqa operatori tomonidan ishga tushirilgan VoLTE texnologiyasi tobora ko‘proq hududlarni qamrab olmoqda.

VoLTEni rivojlantirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ikkinchi bosqichda Andijon, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi Mobiuz abonentlari ushbu texnologiyadan foydalanish imkoniyati ega bo‘ldilar. Avvalroq VoLTE Toshkent shahri va Samarqand viloyatida ishlashni boshlagan edi.

VoLTE (Voice over LTE qisqartmasi) 4G LTE tarmoqlarining qamrov hududida ishlaydi va quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:

  • bir necha soniya ichida istalgan kompaniya abonentiga qung‘iroq qilib tushish;
  • telefonda gaplashayotganda o‘ta tiniq ovoz;
  • bir vaqtning o‘zida telefonda gaplashish va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish;
  • smartfonda 4G boshqa tarmoqlarga o‘tib qolishini kamaytirish hisobiga akkumulyator quvvatini tejash.

Xizmat ishga tushirilganiga bir oydan kamroq vaqt ichida 4 mingdan ortiq abonent VoLTEdan faol foydalanmoqda. Kundan-kunga va hududlarda xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaygani sari foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda.

VoLTE xizmati Mobiuz mobil operatori tomonidan bepul taqdim etiladi, ulanish yoki undan keyingi foydalanish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi. Bu aloqa sifatini sezilarli darajada yaxshilashga mo‘ljallangan texnologik qulaylikdir.

VoLTE ishlashi uchun bir nechta shartlar talab qilinadi:

  • Abonent foydalanadigan smartfon ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Qurilmaning modeli haqidagi maʼlumotni internetda topish oson. Baʼzi ishlab chiqaruvchilar, masalan, Samsung O‘zbekistonda VoLTE tarmog‘iga kirishni hali ochmagan. Xiaomi/RedMi smartfonlarida VoLTE texnologiyasi alohida ##86583## kod bilan faollashtiriladi. Qurilma sozlamalarida VoLTE xizmatini alohida yoqish ham muhim.

VoLTE va uning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot Mobiuz rasmiy veb-saytida (https://mobi.uz/uz/uslugi/volte/) taqdim etilgan.

Chat Mobiuz Telegram-hamjamiyatida (https://t.me/ChatMobiuz) esa mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha yordam va maslahat olishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish