Lavozim vazifalari:
-
Energiya bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha loyiha ishlariga rahbarlik qilish.
-
Yangi va ta’mirlashdan chiqgan uskunalarni qabul qilish bo‘yicha nazoratni amalga oshirish, ta’mirlash yoki montajdan keyin nuqsonlari aniqlangan uskunalarni foydalanishiga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
-
Kompaniyaning boshqa bo‘linmalari tomonidan o‘rnatiladigan uskunalarini energiya bilan ta’minlash bo‘yicha ruxsat beruvchi hujjatlarining mavjud ekanligini tekshirish.
-
Pudratchi elektr montaj va boshqa energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishini nazorat qilish, BEG xodimlari tomonidan kompaniya energiya uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish va avariyaviy-tiklash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish.
-
Montajchilar guruhi bilan birgalikda «UMS» MCHJ tayanch stansiyalari, kommutatorlarida quvvatlantirish tizimlarini o‘rnatish, sozlash va ishga tushirishning bajarilishini nazorat qilish;
-
Uskunalarni ortish va ko‘chirish, demontaj qilingan uskunalarni omborga topshirishdan oldin qadoqlanishining bajarilishini nazorat qilish.
-
Budjetni shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, yuqori turivchi organlarga belgilangan hisobot shakli bo‘yicha kerakli ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim qilinishini ta’minlash.
-
Biriktirilgan uskunalarning mavjudligi va harakatlanishining tezkor hisobga olinishini nazorat qilish, ularni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.
-
Kompaniya bo‘yicha elektr energiyasi sarfini tahlil qilish va hisobga olishning ishonchliligini nazorat qilish.
-
Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, elektr qurilmalar ishlashining ishonchliligi, tejamkorligi, avariyalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
-
Kompaniyada energetik manbalarning tartibli sarflanishini nazorat qilish. Obyektlar bo‘yicha belgilangan energiya cheklovidan oshib ketmasligiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilish.
-
Monitoring o‘tkazish va kompaniyaning ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun kerakli elektr uskunalari va ehtiyot qismlarini xarid qilish va ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilish;
-
Bo‘linma uchun elektr uskunalari, iqlim texnikasi, generatorlar, quvvatlantirish tizimi uskunalari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalarini, ehtiyot qismlari va kerakli sarflash materiallarini xarid qilishga texnik vazifa va talabnomalarning tuzilishini ta’minlash.
-
Elektr texnika xodimlarida iste’molchilarning elektr uskunalar bo‘yicha Mehnat muhofazasi va Texnik foydalanish Qoidalari va Xavfsizlik Texnikasi qoidalari bo‘yicha imtihonlarni qabul qiladigan, doimiy ravishda amal qiluvchi komissiyada ishtirok etish.
-
Qoidalarga muvofiq himoya vositalarining sinovini (tekshirish), o‘lchov qurilmalarining tekshiruvini o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash.
-
Elektrotexnik xodimlarning tashkilotning amaldagi obyektlarida uskunalardan foydalanish, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish paytida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish.
-
BEG hududlar bo‘yicha faoliyatining nazoratini amalga oshirish: hisobotlarni tekshirish, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, iqlim-texnika uskunalari, generatorlar, quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalari va quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z vaqtida amalga oshirish, hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi.
Talablar:
-
Energetika sohasida oliy ma’lumot,1000 V gacha elektrotexnik xavfizlik bo‘yicha kamida IV guruh ruxsatnomasi.
-
Ushbu sohada kamida 3 yillik ish tajribasi.
-
Yuqori turuvchi organlarning energetikaga tegishli bo‘lgan farmoyishlari, qonunlar, qarorlar, amaldagi normativ hujjatlar, texnologik obyektlarda o‘rnatilgan uskunalardan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarni bilish.
-
Uskunalarning ishlash tamoyillari, texnik xususiyatlari, xizmat ko‘rsatish uslublari, konstruktiv o‘ziga xosliklari; qurilmalar, elektrik sxemalar, montaj qilish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish.
-
Rejalashtirilgan-oldini oluvchi ta’mirlash va uskunalardan tartibli foydalanishning yagona tizimini bilish.
-
Energetik uskunalar, energiyadan foydalanuvchi qurilmalalning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik xususiyatlari, konstruktiv o‘ziga xosliklari va ishlash tartiblari, ulardan foydalanish qoidalarini bilish.
-
Tashkilotni elektr energiyasi va energiyaning boshqa turlari bilan ta’minlashga shartnomalarni tuzish malakasi.
-
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish tartibi va uslublarini bilish.
-
Energetika uskunalaridan foydalanish, ta’mirlash va takomillashtirishda mehnatni muvofiq tarzda tashkillashtirish talablarini bilish.
-
Elektr uskunlalar bilan ishlashdagi texnik foydalanish qoidalari va xavfsizlik texnikasi qoidalari va uskunalarni montaj va ta’mirlashdan keyin qabul qilish va topshirish qoidalarini bilish.
Shaxsiy sifatlar:
-
Muzokaralar olib borish malakasi
-
Ko’p vazifali tartibda ishlash ko‘nikmasi
-
Ishchanlik, ruhiy bosimga chidamlilik
-
Maqsadga yo’naltirilganlik
-
Tahlil qilish malakasi
-
Yetakchilik sifatlari
-
SHK tajribali foydalanuvchisi (MS Office) va 1C