Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Bosh energetik o‘rinbosari

Lavozim vazifalari:

  • Energiya bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha loyiha ishlariga rahbarlik qilish.

  • Yangi va ta’mirlashdan chiqgan uskunalarni qabul qilish bo‘yicha nazoratni amalga oshirish, ta’mirlash yoki montajdan keyin nuqsonlari aniqlangan uskunalarni foydalanishiga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik.

  • Kompaniyaning boshqa bo‘linmalari tomonidan o‘rnatiladigan uskunalarini energiya bilan ta’minlash bo‘yicha ruxsat beruvchi hujjatlarining mavjud ekanligini tekshirish.

  • Pudratchi elektr montaj va boshqa energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishini nazorat qilish, BEG xodimlari tomonidan kompaniya energiya uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish va avariyaviy-tiklash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish.

  • Montajchilar guruhi bilan birgalikda «UMS» MCHJ tayanch stansiyalari, kommutatorlarida quvvatlantirish tizimlarini o‘rnatish, sozlash va ishga tushirishning bajarilishini nazorat qilish;

  • Uskunalarni ortish va ko‘chirish, demontaj qilingan uskunalarni omborga topshirishdan oldin qadoqlanishining bajarilishini nazorat qilish.

  • Budjetni shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, yuqori turivchi organlarga belgilangan hisobot shakli bo‘yicha kerakli ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim qilinishini ta’minlash.

  • Biriktirilgan uskunalarning mavjudligi va harakatlanishining tezkor hisobga olinishini nazorat qilish, ularni inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.

  • Kompaniya bo‘yicha elektr energiyasi sarfini tahlil qilish va hisobga olishning ishonchliligini nazorat qilish.

  • Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish, elektr qurilmalar ishlashining ishonchliligi, tejamkorligi, avariyalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

  • Kompaniyada energetik manbalarning tartibli sarflanishini nazorat qilish. Obyektlar bo‘yicha belgilangan energiya cheklovidan oshib ketmasligiga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilish.

  • Monitoring o‘tkazish va kompaniyaning ishlash qobiliyatini ta’minlash uchun kerakli elektr uskunalari va ehtiyot qismlarini xarid qilish va ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • Bo‘linma uchun elektr uskunalari, iqlim texnikasi, generatorlar, quvvatlantirish tizimi uskunalari, akkumulyatorli batareykalar va quyosh elektr stansiyalarini, ehtiyot qismlari va kerakli sarflash materiallarini xarid qilishga texnik vazifa va talabnomalarning tuzilishini ta’minlash.

  • Elektr texnika xodimlarida iste’molchilarning elektr uskunalar bo‘yicha Mehnat muhofazasi va Texnik foydalanish Qoidalari va Xavfsizlik Texnikasi qoidalari bo‘yicha imtihonlarni qabul qiladigan, doimiy ravishda amal qiluvchi komissiyada ishtirok etish.

  • Qoidalarga muvofiq himoya vositalarining sinovini (tekshirish), o‘lchov qurilmalarining tekshiruvini o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash.

  • Elektrotexnik xodimlarning tashkilotning amaldagi obyektlarida uskunalardan foydalanish, ta’mirlash, montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish paytida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish.

  • BEG hududlar bo‘yicha faoliyatining nazoratini amalga oshirish: hisobotlarni tekshirish, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, iqlim-texnika uskunalari, generatorlar, quvvatlantirish tizimlari, akkumulyatorli batareykalari va quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z vaqtida amalga oshirish, hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi.

Talablar:

  • Energetika sohasida oliy ma’lumot,1000 V gacha elektrotexnik xavfizlik bo‘yicha kamida IV guruh ruxsatnomasi.

  • Ushbu sohada kamida 3 yillik ish tajribasi.

  • Yuqori turuvchi organlarning energetikaga tegishli bo‘lgan farmoyishlari, qonunlar, qarorlar, amaldagi normativ hujjatlar, texnologik obyektlarda o‘rnatilgan uskunalardan foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarni bilish.

  • Uskunalarning ishlash tamoyillari, texnik xususiyatlari, xizmat ko‘rsatish uslublari, konstruktiv o‘ziga xosliklari; qurilmalar, elektrik sxemalar, montaj qilish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish.

  • Rejalashtirilgan-oldini oluvchi ta’mirlash va uskunalardan tartibli foydalanishning yagona tizimini bilish.

  • Energetik uskunalar, energiyadan foydalanuvchi qurilmalalning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik xususiyatlari, konstruktiv o‘ziga xosliklari va ishlash tartiblari, ulardan foydalanish qoidalarini bilish.

  • Tashkilotni elektr energiyasi va energiyaning boshqa turlari bilan ta’minlashga shartnomalarni tuzish malakasi.

  • Ishlab chiqarishni rejalashtirish va ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish tartibi va uslublarini bilish.

  • Energetika uskunalaridan foydalanish, ta’mirlash va takomillashtirishda mehnatni muvofiq tarzda tashkillashtirish talablarini bilish.

  • Elektr uskunlalar bilan ishlashdagi texnik foydalanish qoidalari va xavfsizlik texnikasi qoidalari va uskunalarni montaj va ta’mirlashdan keyin qabul qilish va topshirish qoidalarini bilish.


Shaxsiy sifatlar:

  • Muzokaralar olib borish malakasi

  • Ko’p vazifali tartibda ishlash ko‘nikmasi

  • Ishchanlik, ruhiy bosimga chidamlilik

  • Maqsadga yo’naltirilganlik

  • Tahlil qilish malakasi

  • Yetakchilik sifatlari

  • SHK tajribali foydalanuvchisi (MS Office) va 1C

Ro'yxatga qaytish