Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Tolali-optik aloqa liniyalarini (TOAL) loyihalash va qurish guruhi eksperti

Vazifalar

  • Pudratchilar tomonidan ishlarning bajarilishini nazorat qilish.
  • TOAL qurilishi uchun tegishli idoralardan ijobiy texnik shartlarni (TSh) so‘rash va olish jarayonini nazorat qilish.
  • TOAL loyihalash bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash.
  • Qurilish-montaj ishlari tugallangan TOAL obyektlarini texnik qabul qilishni amalga oshirish, zarur texnik hujjatlarni rasmiylashtirish.
  • Ijro hujjatlarining rasmiylashtirilishini, davlat komissiyasi dalolatnomasini imzolashni va qurilgan TOALni ro‘yxatdan o‘tkazishni (legallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) nazorat qilish, jumladan:
    • Ijro hujjatlarining (IH) to‘liq to‘plamini tayyorlash va rasmiylashtirish;
    • Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasini tayyorlash va uni barcha ishtirokchilar, jumladan GIKSIT tomonidan imzolash;
    • Qurilishi tugallangan obyektni davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish.
  • Pudrat tashkilotlarining loyihalari va smetalarini tekshirish, kelishish, bajarilgan ishlar dalolatnomalarini tekshirish.
  • Narxlar yoki ishlar hajmi o‘zgargan taqdirda loyihalar va smeta hisob-kitoblariga tegishli aniqliklar va tuzatishlar kiritish.
  • Yangi va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarda ishlarni bajarish jarayonida aniqlangan avariya-tiklash ishlari va qo‘shimcha ishlar bo‘yicha nuqsonlar dalolatnomalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish.
  • Smeta hujjatlari hisobini yuritish, tipik smetalarni yaratish maqsadida davriy takrorlanuvchi ishlar bo‘yicha smeta hisob-kitoblarini tizimlashtirish.

Talablar

  • Qurilishdagi texnik reglamentlarni, obyektlarni topshirish tartibini, ijro hujjatlarini shakllantirishni bilish;
  • ShNQ (Shaharsozlik normalari va qoidalari) bilan ishlay olish;
  • Qurilishda me’yorlar va qoidalarni bilish hamda ularni qo‘llash;
  • Dasturiy mahsulotlarni bilish: TNQurilish, ABC, AutoCAD, Google Earth;

Shart-sharoitlar

  • Ish grafigi: 5/2; 9:00 dan 18:00 gacha;
  • Qulay ofis;
  • O‘qish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati.
  • Ijtimoiy paket: DMS va uyali aloqa

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish