Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Tarmoq infratuzilmasi texnik nazorati guruhi katta mutaxassisi (Toshkent shahri)

Asosiy vazifalar

  • Yangi ob’ektlar qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
  • Texnologik uskunalarni montaj va demontaj qilish jarayonlarini nazorat qilish;
  • Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish;
  • Ijro va texnik hujjatlarni tekshirish;
  • Bajarilgan ishlar dalolatnomalari, hisob-fakturalar va buyurtmalarni rasmiylashtirish hamda tekshirish;
  • Yangi baza stansiyalari loyihalari va ularni RES bilan ulash masalalarini kelishish;
  • Metall konstruksiyalar va ruxlangan tayanchlar ishlab chiqarilishini nazorat qilish;
  • Hujjatlarni tayyorlash va yangi ob’ektlarni foydalanishga topshirish;
  • Site Builder va 1C dasturlarida ma’lumotlarni yuritish.

Talablar

  • Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;
  • Texnik nazorat, qurilish, telekommunikatsiya yoki muhandislik-texnik yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Qurilish-montaj ishlari, texnologik uskunalarni montaj va demontaj qilish jarayonlarini bilish;
  • Texnik va ijro hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Bajarilgan ishlar dalolatnomalari, buyurtmalar va hisob-fakturalarni tekshirish tajribasi;
  • Texnik chizmalar, loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini o‘qiy olish;
  • Elektr ta’minoti va telekommunikatsiya infratuzilmasi bo‘yicha boshlang‘ich yoki amaliy bilimlarga ega bo‘lish;
  • MS Office dasturlarini, xususan Excel va Word dasturlarini yaxshi bilish;
  • Site Builder va 1C dasturlarini bilish ustunlik beradi;
  • Hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyatlilik, diqqatlilik va aniqlik;
  • Pudrat tashkilotlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan samarali hamkorlik qila olish.

Ish sharoitlari

  • 5/2 ish grafigi, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi;
  • Qulay ish sharoitlari.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish