Tarmoq infratuzilmasi texnik nazorati guruhi katta mutaxassisi (Toshkent shahri)
Asosiy vazifalar
- Yangi ob’ektlar qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
- Texnologik uskunalarni montaj va demontaj qilish jarayonlarini nazorat qilish;
- Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish;
- Ijro va texnik hujjatlarni tekshirish;
- Bajarilgan ishlar dalolatnomalari, hisob-fakturalar va buyurtmalarni rasmiylashtirish hamda tekshirish;
- Yangi baza stansiyalari loyihalari va ularni RES bilan ulash masalalarini kelishish;
- Metall konstruksiyalar va ruxlangan tayanchlar ishlab chiqarilishini nazorat qilish;
- Hujjatlarni tayyorlash va yangi ob’ektlarni foydalanishga topshirish;
- Site Builder va 1C dasturlarida ma’lumotlarni yuritish.
Talablar
- Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;
- Texnik nazorat, qurilish, telekommunikatsiya yoki muhandislik-texnik yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Qurilish-montaj ishlari, texnologik uskunalarni montaj va demontaj qilish jarayonlarini bilish;
- Texnik va ijro hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Bajarilgan ishlar dalolatnomalari, buyurtmalar va hisob-fakturalarni tekshirish tajribasi;
- Texnik chizmalar, loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini o‘qiy olish;
- Elektr ta’minoti va telekommunikatsiya infratuzilmasi bo‘yicha boshlang‘ich yoki amaliy bilimlarga ega bo‘lish;
- MS Office dasturlarini, xususan Excel va Word dasturlarini yaxshi bilish;
- Site Builder va 1C dasturlarini bilish ustunlik beradi;
- Hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyatlilik, diqqatlilik va aniqlik;
- Pudrat tashkilotlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan samarali hamkorlik qila olish.
Ish sharoitlari
- 5/2 ish grafigi, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi;
- Qulay ish sharoitlari.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish