Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Radioaloqa tarmog‘ini loyihalash guruhi yetakchi mutaxassisi

Vazifalar

  • Yangi baza stansiyalarini o‘rnatish uchun loyiha-qidiruv ishlarini olib borish va BSni modernizatsiya qilish uchun maydonlarni o‘rganish
  • Mavjud antenna-machta inshootlari, minoralar, binolar tomlari va boshqa inshootlarda uskunalarni joylashtirish imkoniyatini baholash
  • O‘rganish natijalari asosida texnik yechimlarni tayyorlash
  • Uyali aloqa obyektlarini qurish (KJ, KM, AS, EM, ES bo‘limlari), texnologik loyihalash va modernizatsiya qilish (TX, OOS, OPZ bo‘limlari) loyihalarini ishlab chiqish
  • Poydevorlar, ustunlar, to‘sinlar va boshqa yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni hisoblash
  • Loyiha hujjatlarini texnik talablar hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq tayyorlash
  • Loyiha yechimlari va loyiha hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiqligini tekshirish

Talablar

  • "Arxitektura" yo‘nalishi bo‘yicha oliy texnik ma’lumot
  • Bino va inshootlarni loyihalash yo‘nalishida kamida 3 yil ish tajribasi. Loyihalash va qurilish tashkilotlarida ish tajribasi. Loyiha va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba
  • Qurilish me’yorlari va qoidalari, loyihalash standartlarini bilish, chizmalarni o‘qish va ishlab chiqish ko‘nikmasi, loyiha va ishchi hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalari, loyihalashning asosiy bosqichlarini tushunish, turdosh mutaxassislar bilan hamkorlik qila olish.
  • MS Office (Word, Excel, Outlook), AutoCad dasturlaridan ilg‘or foydalanuvchi darajasida foydalanish

Sharoitlar

  • Ish jadvali: 5/2; 9:00 dan 18:00 gacha;
  • Qulay ofis;
  • Ta’lim olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati.
  • Ijtimoiy paket: DMS va uyali aloqa

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish