Vazifalar
- Yangi baza stansiyalarini o‘rnatish uchun loyiha-qidiruv ishlarini olib borish va BSni modernizatsiya qilish uchun maydonlarni o‘rganish
- Mavjud antenna-machta inshootlari, minoralar, binolar tomlari va boshqa inshootlarda uskunalarni joylashtirish imkoniyatini baholash
- O‘rganish natijalari asosida texnik yechimlarni tayyorlash
- Uyali aloqa obyektlarini qurish (KJ, KM, AS, EM, ES bo‘limlari), texnologik loyihalash va modernizatsiya qilish (TX, OOS, OPZ bo‘limlari) loyihalarini ishlab chiqish
- Poydevorlar, ustunlar, to‘sinlar va boshqa yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni hisoblash
- Loyiha hujjatlarini texnik talablar hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq tayyorlash
- Loyiha yechimlari va loyiha hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiqligini tekshirish
Talablar
- "Arxitektura" yo‘nalishi bo‘yicha oliy texnik ma’lumot
- Bino va inshootlarni loyihalash yo‘nalishida kamida 3 yil ish tajribasi. Loyihalash va qurilish tashkilotlarida ish tajribasi. Loyiha va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba
- Qurilish me’yorlari va qoidalari, loyihalash standartlarini bilish, chizmalarni o‘qish va ishlab chiqish ko‘nikmasi, loyiha va ishchi hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalari, loyihalashning asosiy bosqichlarini tushunish, turdosh mutaxassislar bilan hamkorlik qila olish.
- MS Office (Word, Excel, Outlook), AutoCad dasturlaridan ilg‘or foydalanuvchi darajasida foydalanish
Sharoitlar
- Ish jadvali: 5/2; 9:00 dan 18:00 gacha;
- Qulay ofis;
- Ta’lim olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati.
- Ijtimoiy paket: DMS va uyali aloqa
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish