Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Tarmoq infratuzilmasini texnik nazorat qilish guruhi

Asosiy majburiyatlar:

  • Yangi obyektlar qurilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish.
  • Texnologik uskunalarni montaj va demontaj qilish ishlarini nazorat qilish.
  • Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilayotgan ishlar sifatini nazorat qilish.
  • Ijro va texnik hujjatlarni tekshirish.
  • Bajarilgan ishlar dalolatnomalari, hisobvaraq-fakturalar va buyurtmalarni rasmiylashtirish hamda tekshirish.
  • Yangi tayanch stansiyalar loyihalari va ularni elektr tarmoqlariga ulash masalalarini tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonalari (RES) bilan kelishish.
  • Metall konstruksiyalar va ruxlangan tayanchlarni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish.
  • Hujjatlarni tayyorlash va yangi obyektlarni foydalanishga topshirish.
  • Site Builder va 1C dasturlarida ma’lumotlarni yuritish.

Talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot.
  • Kamida 3 yillik ish tajribasi.

Ish sharoitlari:

  • Ish jadvali: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi.
  • Qulay ish sharoitlari.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish