Majburiyatlar:
-
Yangi tayanch stansiyalarni o‘rnatish uchun loyiha-qidiruv ishlarini olib borish va tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish maqsadida maydonchalarni tekshirish.
-
Mavjud antenna-machta inshootlari, minoralar, binolarning tomlari va boshqa inshootlarga uskunalarni joylashtirish imkoniyatini baholash.
-
Tekshiruv natijalari asosida texnik yechimlarni tayyorlash.
-
Uyali aloqa obyektlarini qurish loyihalarini (KJ, KM, AS, EM, ES bo‘limlari), texnologik loyihalarini va modernizatsiya qilish loyihalarini (TX, OOS, OPZ bo‘limlari) ishlab chiqish.
-
Poydevorlar, ustunlar, to‘sinlar va boshqa yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni hisoblash.
-
Texnik talablar hamda O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq loyiha hujjatlarini tayyorlash.
-
Loyiha yechimlari va loyiha hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiqligini tekshirish.
Talablar:
-
«Arxitektura» yo‘nalishi bo‘yicha oliy texnik ma’lumot.
-
Bino va inshootlarni loyihalashtirish yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasi. Loyiha va qurilish tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lish. Loyiha va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish.
-
Qurilish me’yorlari va qoidalarini, loyihalashtirish standartlarini bilish, chizmalarni o‘qish va ishlab chiqish, loyiha va ishchi hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish, loyihalashtirishning asosiy bosqichlarini tushunish, turdosh yo‘nalishdagi mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlay olish.
-
MS Office (Word, Excel, Outlook) va AutoCAD dasturlaridan ilg‘or foydalanuvchi darajasida foydalana olish.
Shartlar:
-
Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
-
Qulay va shinam ofis.
-
Malaka oshirish va o‘z ustida ishlash imkoniyati.
-
Ijtimoiy paket: ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va uyali aloqa.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish