Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bosh energetik guruhiga mutaxassis (Yangiyo‘l shahri)

Majburiyatlar:

  • Hududdagi energetika uskunalari va iqlim texnikasi ishini nazorat qilish va monitoring olib borish.

  • Obyektlarning elektr tarmoqlari va iqlim texnikasidagi avariya holatlarini bartaraf etish.

  • Benzin generator qurilmalari (BGQ) va dizel generator qurilmalarini (DGQ) texnik maydonchalarga olib borish va ulash.

  • Iqlim texnikasini montaj va demontaj qilish.

  • Hududdagi texnik maydonchalarda avariyalar va shtatdan tashqari vaziyatlarni bartaraf etish ishlarida ishtirok etish.

Talablar:

  • Telekommunikatsiya sohasida yoki elektr montaj tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lish.

  • Aloqa uskunalarini montaj qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

  • Elektr montaj ishlarini bajarish.

  • Elektr xavfsizligi bo‘yicha elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini (PUE) bilish.

  • Ofis texnikasi va dasturlari bilan ishlay olish, uyali aloqa tarmoqlari va telefoniya tizimlarini qurish asoslarini bilish.

  • Iqlim texnikasini bilish (avariya holatlarini bartaraf etish).

Shartlar:

  • Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

  • Qulay va shinam ofis.

  • Malaka oshirish va o‘z ustida ishlash imkoniyati.

  • Ijtimoiy paket: ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va uyali aloqa

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish