Vazifalar:
- Elektrotexnika va elektroenergetika
elektrotexnika, elektronika va elektr o‘lchovlari asoslarini bilish;
doimiy va o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimlarining ishlash tamoyillarini bilish;
elektr jihozlari, taqsimlash qurilmalari, uzluksiz elektr ta’minoti manbalari (UPS), invertorlar va to‘g‘rilagichlarning tuzilishi hamda ishlash tamoyillarini bilish;
elektr prinsipial va montaj sxemalarini o‘qish.
- Akkumulyator tizimlari
turli turdagi akkumulyator batareyalarining tuzilishi, ishlash tamoyili va xususiyatlarini bilish;
akkumulyator batareyalaridan foydalanish, ularni zaryadlash, zaryadsizlantirish, saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilish;
batareyalar holatini diagnostika qilish, sig‘imi, ichki qarshiligi va eskirish darajasini aniqlash usullarini bilish;
akkumulyator tizimlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
akkumulyator batareyalari bilan ishlashda xavfsizlik talablarini bilish.
- Kasbiy kompetensiyalar
tizimli texnik fikrlash;
o‘rganishga qobiliyatlilik;
mustaqil ravishda diagnostika o‘tkazish va texnik qarorlar qabul qilish qobiliyati;
nosozliklar sabablarini tahlil qilish va takroriy nosozliklarning oldini olish;
texnik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish;
texnik hujjatlar va standartlar bilan ishlash;
pudratchi tashkilotlar va texnik mutaxassislar bilan hamkorlik qilish;
uskunalarning ishonchli va uzluksiz ishlashi uchun mas’uliyat.
Talablar:
-
oliy texnik ma’lumot va mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish staji yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot va kamida 4 yillik ish staji;
-
oliy texnik yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumot;
-
elektr ta’minoti tizimlari, akkumulyator batareyalari va quyosh fotoelektr stansiyalaridan foydalanish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish, nosozliklarni diagnostika qilish va bartaraf etish bo‘yicha tasdiqlangan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, qarorlar qabul qilish va ularni kelishilgandan so‘ng amalga oshirish, elektr xavfsizligi talablarini bilish hamda yuqori darajadagi mas’uliyat.
Shartlar:
-
ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
-
qulay ofis;
-
ta’lim olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati.
-
Ijtimoiy paket: ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va mobil aloqa.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish