Binolardan foydalanish, qurilish va ko‘chmas mulk bo‘limining katta mutaxassisi
Vazifalar:
-
Elektron hujjatlar, hisobotlar va taqdimotlarni ishlab chiqish, saqlash va nazorat qilish.
-
SQL va Power BI’da ishlash, PowerPoint’da taqdimotlar tayyorlash.
-
Hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini bilish, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning ijrosini nazorat qilish. Hujjatlarni saqlashni tashkil etish, elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, elektron arxiv yuritish, hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish hamda kiruvchi yozishmalarga o‘zbek va rus tillarida javoblar tayyorlash. Elektron ish yuritishni olib borish.
Talablar:
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
-
Tahlilchi yoki elektron hujjat aylanishi bo‘yicha mutaxassis.
-
Hujjatlarni rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va ularning ijrosini nazorat qilish qoidalarini bilish. Hujjatlarni saqlashni tashkil etish, elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, elektron arxiv yuritish hamda hujjatlar ijrosi muddatlarini nazorat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Husnixati ozoda va tushunarli bo‘lishi.
-
Microsoft Office dasturlari (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint), Gamma, Power BI va SQL’da ishlash ko‘nikmalari. ТЕНКУРИЛИШ va AutoCAD dasturlarini bilish afzallik hisoblanadi.
Shartlar:
-
Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
-
Qulay ofis;
-
Ta’lim olish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;
-
Ijtimoiy paket: ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va mobil aloqa
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish