Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Hamkorlar bilan ishlash guruhi katta mutaxassisi (Samarqand sh.)

Vazifalar:

  • yangi ochilayotgan va faoliyat yuritayotgan tijorat vakillari hamda hamkorlarning savdo nuqtalarini, ularning ichki va tashqi reklamasini, shuningdek operatorlar bilim darajasining Kompaniyada tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini muntazam tekshirib borish;

  • yangi yoki qo‘shimcha savdo nuqtalarini ochishga daʼvogarlarning arizalarini qabul qilish, tijorat vakili bilan shartnoma tuzish uchun xizmat yozuvini shakllantirish;

  • potensial abonentlarni “UMS” MChJ tarmog‘iga ulash va “UMS” MChJ abonentlariga servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida ixtisoslashtirilgan sayyor taqdimotlarda ishtirok etish;

  • lokal normativ hujjatlarda belgilangan tartibga muvofiq turdosh tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan hamkorlik qilish;

  • lavozim majburiyatlari va vakolatlari doirasida bevosita yoki yuqori turuvchi rahbarning xizmat topshiriqlarini bajarish.

Talablar:

  • oliy maʼlumot;

  • savdo sohasida ish tajribasi (afzal);

  • hujjatlar va katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;

  • rus va o‘zbek tillarini erkin bilish;

  • kompyuterni (MS Word, Excel, Internet) bilish.

Shartlar:

  • ish grafigi: 5/2, 8 soat ish + 1 soat tushlik;

  • malaka oshirish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;

  • kafolatlangan oylik maosh va KPI ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun mukofotlar;

  • ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish