Vazifalar:
-
yangi ochilayotgan va faoliyat yuritayotgan tijorat vakillari hamda hamkorlarning savdo nuqtalarini, ularning ichki va tashqi reklamasini, shuningdek operatorlar bilim darajasining Kompaniyada tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini muntazam tekshirib borish;
-
yangi yoki qo‘shimcha savdo nuqtalarini ochishga daʼvogarlarning arizalarini qabul qilish, tijorat vakili bilan shartnoma tuzish uchun xizmat yozuvini shakllantirish;
-
potensial abonentlarni “UMS” MChJ tarmog‘iga ulash va “UMS” MChJ abonentlariga servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida ixtisoslashtirilgan sayyor taqdimotlarda ishtirok etish;
-
lokal normativ hujjatlarda belgilangan tartibga muvofiq turdosh tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan hamkorlik qilish;
-
lavozim majburiyatlari va vakolatlari doirasida bevosita yoki yuqori turuvchi rahbarning xizmat topshiriqlarini bajarish.
Talablar:
-
oliy maʼlumot;
-
savdo sohasida ish tajribasi (afzal);
-
hujjatlar va katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
-
rus va o‘zbek tillarini erkin bilish;
-
kompyuterni (MS Word, Excel, Internet) bilish.
Shartlar:
-
ish grafigi: 5/2, 8 soat ish + 1 soat tushlik;
-
malaka oshirish va o‘zini rivojlantirish imkoniyati;
-
kafolatlangan oylik maosh va KPI ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun mukofotlar;
-
ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish