Vazifalari:
-
«UMS» MChJ va tijorat vakillari o‘rtasida shartnomalar (qo‘shimcha kelishuvlar)ni rasmiylashtirish va imzolash;
-
Yangi tijorat vakillarini izlash va jalb qilish;
-
Mavjud savdo nuqtalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
-
Tijorat vakillari va hamkorlarning savdo nuqtalari orqali yangi mahsulot va xizmatlarni tezkor joriy etishni ta’minlash;
-
«UMS» MChJ tijorat vakillari savdo nuqtalari operatorlarining abonentlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda muntazam monitoring qilish.
Talablar:
-
O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;
-
Kompyuterdan erkin foydalana olish (Windows, Microsoft Office, Telegram, Zoom, Skype, 1C);
-
Tahliliy fikrlash, ishni puxta rejalashtirish, tafsilotlarga e’tibor, shartnomalar tuzish ko‘nikmalari va ishbilarmonlik muloqoti madaniyati;
-
Savdo sohasida savdo menejeri yoki savdo vakili sifatida ish tajribasi; ishga nisbatan haqiqiy qiziqish va kompaniyada ishlash istagi.
Sharoitlar:
-
Ish jadvali: 5/2;
-
Qulay ofis;
- Ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (DMS).
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish