Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Hamkorlar bilan ishlash funksional guruhi mutaxassisi (Toshkent shahar)

Vazifalari:

  • «UMS» MChJ va tijorat vakillari o‘rtasida shartnomalar (qo‘shimcha kelishuvlar)ni rasmiylashtirish va imzolash;

  • Yangi tijorat vakillarini izlash va jalb qilish;

  • Mavjud savdo nuqtalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;

  • Tijorat vakillari va hamkorlarning savdo nuqtalari orqali yangi mahsulot va xizmatlarni tezkor joriy etishni ta’minlash;

  • «UMS» MChJ tijorat vakillari savdo nuqtalari operatorlarining abonentlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda muntazam monitoring qilish.

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;

  • Kompyuterdan erkin foydalana olish (Windows, Microsoft Office, Telegram, Zoom, Skype, 1C);

  • Tahliliy fikrlash, ishni puxta rejalashtirish, tafsilotlarga e’tibor, shartnomalar tuzish ko‘nikmalari va ishbilarmonlik muloqoti madaniyati;

  • Savdo sohasida savdo menejeri yoki savdo vakili sifatida ish tajribasi; ishga nisbatan haqiqiy qiziqish va kompaniyada ishlash istagi.

Sharoitlar:

  • Ish jadvali: 5/2;

  • Qulay ofis;

  • Ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (DMS).

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish