Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (Toshkent shahar)

Vazifalari:

  • Asosiy mijozlarni (yuridik shaxslarni) izlash va jalb qilish;

  • Potensial mijozlar vakillari bilan muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazish;

  • Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;

  • Mavjud mijozlar bazasiga maslahat berish va ularni kuzatib borish;

  • Hisobotlarni yuritish.

Talablar:

  • Faol savdo sohasida ish tajribasi (fiksatsiyalangan yoki mobil aloqa sohasida bo‘lsa maqsadga muvofiq);

  • Ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmalari, jamoada ishlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

  • Microsoft Office, elektron pochta va internetdan ishonchli foydalana olish.

Sharoitlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;

  • Ijtimoiy paket: mobil aloqa va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta (DMS);

  • Ish jadvali: 5/2, 09:00–18:00.


O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish