Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis (Namangan shahri)

Vazifalari:

  • Asosiy mijozlarni (yuridik shaxslarni) izlash va jalb qilish;
  • Potensial mijozlar vakillari bilan muzokaralarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • Aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • Mavjud mijozlar bazasiga maslahat berish va ularga xizmat ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlash;
  • Hisobotlarni yuritish.

Talablar:

  • Faol savdo sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish (fiksatsiyalangan yoki mobil aloqa sohasida bo‘lsa maqsadga muvofiq);
  • Ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmalari, jamoada ishlash qobiliyati hamda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
  • Dasturiy vositalardan (Microsoft Office, elektron pochta, Internet) ishonchli foydalana olish.

Shartlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
  • Ijtimoiy imtiyozlar: mobil aloqa va DMS;
  • Ish jadvali: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish