Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Hamkorlar bilan ishlash funksional guruhi mutaxassisi (Namangan, Termiz, Navoiy)

Vazifalari:

  • "UMS" MChJ va tijorat vakillari o‘rtasida shartnomalar (qo‘shimcha kelishuvlar) tuzish;

  • Yangi tijorat vakillarini izlash va jalb qilish;

  • Mavjud savdo nuqtalarini nazorat qilish va vizuallashtirish;

  • Tijorat vakillari va hamkorlarning savdo nuqtalari orqali yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etishni tezkor tashkil etish;

  • "UMS" MChJ tijorat vakillarining savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi operatorlarning abonentlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda muntazam monitoring qilish.

Talablar:

  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot;

  • Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari (Windows, Microsoft Office dasturlari, Telegram, ZOOM, Skype, 1C);

  • Tahliliy fikrlash, samarali rejalashtirish, tafsilotlarga yuqori darajada e’tibor, shartnomalar tuzish ko‘nikmalari hamda ishbilarmonlik muloqoti madaniyatiga ega bo‘lish;

  • Savdo sohasida professional savdo menejeri yoki savdo agenti sifatida ish tajribasiga ega bo‘lish. Ishga nisbatan haqiqiy qiziqish hamda kompaniyada ishlashga bo‘lgan samimiy istakning mavjudligi.

Shartlar:

  • Ish jadvali: 5/2;

  • Qulay ofis;

  • Ijtimoiy imtiyozlar: mobil aloqa va DMS.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish