Vazifalari:
- Tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar va loyihalarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilish;
- Shartnoma-huquqiy hamda da’vo-ariza ishlari yuritilishini ta’minlash, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
- Tashkilot rahbariyati va xodimlariga qarorlar ishlab chiqish hamda qabul qilishda ko‘maklashish maqsadida zarur huquqiy maslahatlar berish;
- Shartnomalarni tuzish, ishlab chiqish va ularning amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq muvofiqligini ta’minlash maqsadida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
- Tashkilot manfaatlarini himoya qilish maqsadida muzokaralarda ishtirok etish;
- Davlat organlari bilan ishlash;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda shikoyatlari bilan ishlash;
- Tashkilot faoliyatida yuzaga keladigan masalalar va nizoli vaziyatlar bo‘yicha huquqiy xulosalar tayyorlash;
- Kompaniya manfaatlarini iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda himoya qilish.
Talablar:
- Oliy ma’lumot (Huquqshunoslik);
- Davlat va rus tillarini yaxshi darajada bilish;
- Kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Huquqning asosiy tarmoqlari va huquqiy tartib-taomillar bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lish;
- Natijaga yo‘naltirilganlik;
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari.
Shartlar:
- Ish jadvali: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
- Qulay ofis;
- Malaka oshirish va rivojlanish imkoniyati;
- Ijtimoiy imtiyozlar: DMS va mobil aloqa.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish