Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Vazifalari:

  • Tashkilot tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar va loyihalarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilish;
  • Shartnoma-huquqiy hamda da’vo-ariza ishlari yuritilishini ta’minlash, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
  • Tashkilot rahbariyati va xodimlariga qarorlar ishlab chiqish hamda qabul qilishda ko‘maklashish maqsadida zarur huquqiy maslahatlar berish;
  • Shartnomalarni tuzish, ishlab chiqish va ularning amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq muvofiqligini ta’minlash maqsadida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
  • Tashkilot manfaatlarini himoya qilish maqsadida muzokaralarda ishtirok etish;
  • Davlat organlari bilan ishlash;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda shikoyatlari bilan ishlash;
  • Tashkilot faoliyatida yuzaga keladigan masalalar va nizoli vaziyatlar bo‘yicha huquqiy xulosalar tayyorlash;
  • Kompaniya manfaatlarini iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda himoya qilish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (Huquqshunoslik);
  • Davlat va rus tillarini yaxshi darajada bilish;
  • Kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • Huquqning asosiy tarmoqlari va huquqiy tartib-taomillar bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lish;
  • Natijaga yo‘naltirilganlik;
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari.

Shartlar:

  • Ish jadvali: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Qulay ofis;
  • Malaka oshirish va rivojlanish imkoniyati;
  • Ijtimoiy imtiyozlar: DMS va mobil aloqa.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish