Asosiy vazifalar
- iOS va Android platformalari uchun mobil ilovalarni testlash jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
- Texnik talablar va loyiha hujjatlarini tahlil qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar va noaniqliklarni aniqlash.
- Mobil ilovalarni testlash strategiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- Sprintlar va relizlar doirasida test vazifalarini rejalashtirish va ustuvorliklarini belgilash.
- Funksional, regressiya va Smoke-test sinovlarini o‘tkazish.
- Yangi funksiyalar va o‘zgarishlarning relizga chiqarilishidan oldin to‘g‘ri ishlashini tekshirish.
- Mobil ilovalarni real qurilmalar va emulyatorlarda testlash.
- Xatoliklarni aniqlash, hujjatlashtirish va ularni bartaraf etish jarayonini nazorat qilish.
- Loglar, Crash Reports va xatoliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish.
- Talablarni tahlil qilishdan boshlab, ilovani nashr etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda mahsulot sifatini nazorat qilish.
- Ilovalarni App Store va Google Play platformalarida relizga tayyorlash.
- Dasturlash, dizayn, tahlil va Product Management jamoalari bilan hamkorlik qilish.
- Junior va Middle QA muhandislariga ustozlik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash.
- Ichki sifat standartlarini rivojlantirish va testlash jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish.
Bizning kutuvlarimiz
- QA yo‘nalishida kamida 4 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2 yili mobil ilovalarni testlash bilan bog‘liq bo‘lishi.
- iOS va Android platformalaridagi ilovalarni testlash bo‘yicha amaliy tajriba.
- Mobil ilovalarni relizga chiqarishda ishtirok etganlik va ularni nashr etish hamda tarqatish jarayonlarini tushunish.
- Mobil UI/UX tamoyillari, Material Design va Apple Human Interface Guidelines bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lish.
- Mobil ilovalarni real qurilmalar va emulyatorlarda qo‘lda testlash tajribasi.
- Push-bildirishnomalar, Deep Links, Offline-senariylar va tizim ruxsatnomalarini testlash xususiyatlarini tushunish.
- Mobil API’larni testlash va asinxron jarayonlarni tekshirish tajribasi.
- Test-case, chek-list va batafsil bug-reportlar tuzish ko‘nikmasi.
- Funksional, regressiya va Smoke-test sinovlarini o‘tkazish tajribasi.
- Loglar, Crash Reports va xatoliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
- Postman va tarmoq orqali ma’lumot almashuvini tahlil qilish vositalari (Charles, Fiddler, Proxyman) bilan ishlash tajribasi.
- Jira va testlarni boshqarish tizimlari (TestRail, Zephyr, Xray) bilan ishlash tajribasi.
- SQLite ma’lumotlar bazasi bilan ishlash darajasida SQL bilimiga ega bo‘lish; Realm bo‘yicha bilimga ega bo‘lish ustunlik beradi.
- Firebase Crashlytics, TestFlight va Google Play Console bilan ishlash tajribasi.
- Agile metodologiyalari (Scrum / Kanban) asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonlarini tushunish.
Testlashni avtomatlashtirish
- Mobil testlashni avtomatlashtirish vositalari: Appium, Detox, Espresso, XCUITest yoki shunga o‘xshash vositalar bilan amaliy ishlash tajribasi.
- Testlashni avtomatlashtirish uchun kamida bitta dasturlash tilini bilish: JavaScript, TypeScript, Kotlin, Swift yoki Python.
- Avtomatlashtirilgan testlarni CI/CD jarayonlariga integratsiya qilish tamoyillarini tushunish.
- GitLab CI, Jenkins, Bitrise yoki Fastlane vositalari bilan tanish bo‘lish.
Qo‘shimcha ustunliklar
- QA strategiyasini ishlab chiqish va ilovani relizga tayyor deb hisoblash mezonlarini belgilash tajribasi.
- Device Farm bilan ishlash va turli rusumdagi qurilmalarda testlash tajribasi.
- Kross-platformali ilovalarni (Flutter, React Native) testlash tajribasi.
- k6 yoki JMeter yordamida API’larning yuklama ostida ishlashini testlash ko‘nikmasi.
- Firebase Analytics, AppsFlyer yoki Amplitude bilan ishlash tajribasi.
- Mobil xavfsizlik, SSL Pinning va MITM-hujumlaridan himoyalanish tamoyillarini tushunish.
- Testlash jarayonlarini optimallashtirish va sifat nazorati uchun yangi vositalarni joriy etish tajribasi.
- Texnik hujjatlar bilan ishlash uchun ingliz tilini kamida B1 darajada bilish.
Biz taklif qilamiz
- Telekommunikatsiya kompaniyasining mobil mahsulotlarini rivojlantirish ustida ishlash imkoniyati.
- Gibrid ish formati.
- Kompaniya mobil ilovalarining sifati va barqarorligiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
- Professional IT-mutaxassislar jamoasida ishlash.
- QA jarayonlarini rivojlantirish va testlashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etishda ishtirok etish.
- Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
Ish formati
gibrid.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish