Vazifalar:
- Serverlar va IT-ilovalarni boshqarish bo‘yicha katta mutaxassis;
- Foydalanuvchilar va korporativ tizimlarni qo‘llab-quvvatlash;
- Infratuzilma holatini monitoring qilish;
- Yangi yechimlarni joriy etish loyihalarida ishtirok etish;
- O‘zgarishlar va sozlamalarni hujjatlashtirish.
Talablar:
- Tizim administratori / infratuzilma muhandisi sifatida kamida 2–3 yil ish tajribasi;
- Texnik hujjatlar va reglamentlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Server operatsion tizimlari bilan ishlash tajribasi: Windows Server (2012/2016/2019/2022) va/yoki Linux (Ubuntu, CentOS, RHEL) — kamida 2 yil;
- Korporativ ilovalar va IT-servislarni boshqarish tajribasi (masalan, Active Directory, Exchange, DNS, DHCP, DFS, Esxi, Vcenter);
- Monitoring va boshqaruv tizimlari bilan ishlash tajribasi (masalan, Zabbix, Nagios, ESETPROTECT, SCCM);
- Skriptlar va avtomatlashtirish bilan ishlash tajribasi (PowerShell, Bash, Python);
- Serverlar va ilovalar xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalari, shu jumladan audit, monitoring va yangilash;
- Loglash va audit tizimlari bilan ishlash, xavfsizlik hodisalarini tahlil qilish (EventViewer, SIEM);
- Zaxira nusxalash va ma’lumotlarni tiklashni sozlash va boshqarish;
- Active Directory’da GPO, guruhlar va xavfsizlik siyosatlarini sozlash va qo‘llab-quvvatlash;
- Tarmoq texnologiyalarini yaxshi bilish: TCP/IP, DNS, DHCP, marshrutlash, VLAN, VPN;
- Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillarini bilish;
- Kirish huquqlari va xavfsizlik siyosatlari bilan ishlash;
- Hodisalar jurnallarini audit qilish ko‘nikmalari;
- Analitik fikrlash;
- Mas’uliyat va detallariga e’tibor;
- Ko‘p vazifali rejimda ishlash qobiliyati;
- Muloqotchanlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi;
- Stressga chidamlilik;
- Rus tili — erki;
- Ingliz tili — texnik hujjatlarni o‘qish darajasida.
Shartlar:
- 5/2 ish jadvali;
- Barqaror ish haqi + KPI bo‘yicha bonus;
- Ish haqi oyiga 2 marta, kechiktirilmasdan to‘lanadi;
- Bepul mobil aloqa, sinov muddatidan so‘ng DMS;
- Toshkent shahrida, Amir Temur va Abdulla Qodiriy metro bekatlari yaqinida qulay ofis;
- Kompaniyada xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish va professional rivojlanish imkoniyati.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish