Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Serverlar va IT-ilovalarni boshqarish bo‘yicha katta mutaxassis

Vazifalar:

  • Serverlar va IT-ilovalarni boshqarish bo‘yicha katta mutaxassis;
  • Foydalanuvchilar va korporativ tizimlarni qo‘llab-quvvatlash;
  • Infratuzilma holatini monitoring qilish;
  • Yangi yechimlarni joriy etish loyihalarida ishtirok etish;
  • O‘zgarishlar va sozlamalarni hujjatlashtirish.

Talablar:

  • Tizim administratori / infratuzilma muhandisi sifatida kamida 2–3 yil ish tajribasi;
  • Texnik hujjatlar va reglamentlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Server operatsion tizimlari bilan ishlash tajribasi: Windows Server (2012/2016/2019/2022) va/yoki Linux (Ubuntu, CentOS, RHEL) — kamida 2 yil;
  • Korporativ ilovalar va IT-servislarni boshqarish tajribasi (masalan, Active Directory, Exchange, DNS, DHCP, DFS, Esxi, Vcenter);
  • Monitoring va boshqaruv tizimlari bilan ishlash tajribasi (masalan, Zabbix, Nagios, ESETPROTECT, SCCM);
  • Skriptlar va avtomatlashtirish bilan ishlash tajribasi (PowerShell, Bash, Python);
  • Serverlar va ilovalar xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalari, shu jumladan audit, monitoring va yangilash;
  • Loglash va audit tizimlari bilan ishlash, xavfsizlik hodisalarini tahlil qilish (EventViewer, SIEM);
  • Zaxira nusxalash va ma’lumotlarni tiklashni sozlash va boshqarish;
  • Active Directory’da GPO, guruhlar va xavfsizlik siyosatlarini sozlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • Tarmoq texnologiyalarini yaxshi bilish: TCP/IP, DNS, DHCP, marshrutlash, VLAN, VPN;
  • Axborot xavfsizligining asosiy tamoyillarini bilish;
  • Kirish huquqlari va xavfsizlik siyosatlari bilan ishlash;
  • Hodisalar jurnallarini audit qilish ko‘nikmalari;
  • Analitik fikrlash;
  • Mas’uliyat va detallariga e’tibor;
  • Ko‘p vazifali rejimda ishlash qobiliyati;
  • Muloqotchanlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi;
  • Stressga chidamlilik;
  • Rus tili — erki;
  • Ingliz tili — texnik hujjatlarni o‘qish darajasida.

Shartlar:

  • 5/2 ish jadvali;
  • Barqaror ish haqi + KPI bo‘yicha bonus;
  • Ish haqi oyiga 2 marta, kechiktirilmasdan to‘lanadi;
  • Bepul mobil aloqa, sinov muddatidan so‘ng DMS;
  • Toshkent shahrida, Amir Temur va Abdulla Qodiriy metro bekatlari yaqinida qulay ofis;
  • Kompaniyada xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish va professional rivojlanish imkoniyati.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish