Talablar:
- Oliy iqtisodiy va/yoki moliyaviy ma’lumot;
- Oxirgi o‘n yil davomida kamida ikki yil buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik asosida);
- Ichki/tashqi auditlar, biznes jarayonlari auditi bo‘yicha tajriba;
- Auditning xalqaro standartlari va ichki nazorat hamda biznes jarayonlari samaradorligini baholash bo‘yicha umumqabul qilingan metodikalar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini bilish;
- MS Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint, Outlook)ni bilish;
- Muzokaralarni samarali olib borish, o‘z nuqtai nazarini asosli himoya qila olish;
- Jamoada ishlash ko‘nikmasi;
- Mas’uliyatlilik, ijrochilik.
Majburiyatlari:
- Kompaniya ichki me’yoriy hujjatlari va qonunchilik talablari bajarilishini nazorat qilish;
- Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy hisobotlar, auditorlik xulosalari va tavsiyalar tayyorlash;
- Kompaniya biznes jarayonlari samaradorligini oshirish va optimallashtirish loyihalarida ishtirok etish;
- «UMS» MChJ, uning alohida bo‘linmalarining
moliyaviy-xo ‘jalik faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirish hamda ushbu faoliyat natijalarini tahlil qilish; - Ichki auditni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
- Moliyaviy va statistik hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
- Ichki auditni amalga oshirish davomida olingan ma’lumotlar maxfiyligini saqlash;
Ish sharoitlari:
- Yirik va ishonchli kompaniya ofisida ishlash;
- MK asosida rasmiy ishga qabul qilish, ta’til va kasallik varaqasi;
- Ish jadvali 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha;
- Tibbiy sug‘urta.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish