Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ichki nazorat va audit guruhi rahbari

Talablar:

  • Oliy iqtisodiy va/yoki moliyaviy ma’lumot;
  • Oxirgi o‘n yil davomida kamida ikki yil buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish tajribasi (shu jumladan o‘rindoshlik asosida);
  • Ichki/tashqi auditlar, biznes jarayonlari auditi bo‘yicha tajriba;
  • Auditning xalqaro standartlari va ichki nazorat hamda biznes jarayonlari samaradorligini baholash bo‘yicha umumqabul qilingan metodikalar, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini bilish;
  • MS Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint, Outlook)ni bilish;
  • Muzokaralarni samarali olib borish, o‘z nuqtai nazarini asosli himoya qila olish;
  • Jamoada ishlash ko‘nikmasi;
  • Mas’uliyatlilik, ijrochilik.

Majburiyatlari:

  • Kompaniya ichki me’yoriy hujjatlari va qonunchilik talablari bajarilishini nazorat qilish;
  • Jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy hisobotlar, auditorlik xulosalari va tavsiyalar tayyorlash;
  • Kompaniya biznes jarayonlari samaradorligini oshirish va optimallashtirish loyihalarida ishtirok etish;
  • «UMS» MChJ, uning alohida bo‘linmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirish hamda ushbu faoliyat natijalarini tahlil qilish;
  • Ichki auditni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
  • Moliyaviy va statistik hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
  • Ichki auditni amalga oshirish davomida olingan ma’lumotlar maxfiyligini saqlash;

Ish sharoitlari:

  • Yirik va ishonchli kompaniya ofisida ishlash;
  • MK asosida rasmiy ishga qabul qilish, ta’til va kasallik varaqasi;
  • Ish jadvali 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Tibbiy sug‘urta.

O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.

Ro‘yxatga qaytish