Vazifalar:
Santexnik quyidagilarni bilishi kerak:
-
suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish va suv chiqarish tizimlarining tuzilishi hamda ishlash tamoyillarini;
-
sanitariya-texnika uskunalarini o‘rnatish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish usullarini;
-
quvurlar, biriktiruvchi armatura va santexnika materiallarining turlarini;
-
qo‘l va elektr asboblaridan foydalanish qoidalarini;
-
mehnatni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablarini;
-
muhandislik tarmoqlari va uskunalaridan foydalanish qoidalarini.
Talablar:
Santexnik quyidagilarni bajara olishi kerak:
-
sanitariya-texnika tizimlarini o‘rnatish, demontaj qilish va ta’mirlash;
-
quvurlar, fitinglar, yopish armaturasi va sanitariya-texnika jihozlarini almashtirish;
-
suv ta’minoti, kanalizatsiya va isitish tizimlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish;
-
muhandislik tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
-
quvurlarni bosim ostida sinash, yuvish va tekshirish ishlarini bajarish;
-
chilangarlik, o‘lchov va elektr asboblaridan foydalanish;
-
muhandislik kommunikatsiyalarining ishchi chizmalari va sxemalarini o‘qish;
-
nosozliklarning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
-
mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomi talablariga rioya qilish;
-
zarurat bo‘lganda bajarilgan ishlar va sarflangan materiallar hisobini yuritish.
Shartlar:
-
Ish jadvali: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
-
Mehnat haqining o‘z vaqtida to‘lanishi;
-
3 oy muddatga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma.
O‘z rezyumelaringizni rabota@mobi.uz elektron manziliga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring. Xat mavzusida albatta da’vogarlik qilayotgan vakant lavozim nomini ko‘rsating.
Ro‘yxatga qaytish