Biz ijtimoiy tarmoqlarda

“UMS” MChJ ehtiyojlari uchun Elektron hujjat aylanish tizimi dasturiy ta’minotini yetkazib berish, joriy etish va o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.

1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti:  “UMS” MChJ ehtiyojlari uchun Elektron hujjat aylanish tizimi dasturiy ta’minotini yetkazib berish, joriy etish va o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish uchun.

2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)

Tashkilotchining aloqador shaxslari:

Barayev Marat Asxatovich, mbaraev@mobi.uz, +99897 403 – 82 – 29

3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.

4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.

5. Takliflarni qabul qilish muddati - 2026-yil 09 - iyun soat 14:20, gacha (mahalliy vaqt bilan).

Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/494946, Lot №494946.

6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.

Ilova:


Yuklash