Biz ijtimoiy tarmoqlarda

“UMS” MChJ Markaziy ofisi binosining 7-qavat xonalari uchun dizayn-loyihani ishlab chiqish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.

1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: “UMS” MChJ Markaziy ofisi binosining 7-qavat xonalari uchun dizayn-loyihani ishlab chiqish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish:“Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy manzilida joylashgan “UMS” MChJ Markaziy ofisi binosining 7-qavat xonalarini qayta rejalashtirish maqsadida kapital ta’mirlash.

2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)

Tashkilotchining aloqador shaxslari:

Anarbekov Elaman Gabit o‘g‘li , eanarbekov@mobi.uz , +99897 403 – 82 – 40

3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.

4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.

5. Takliflarni qabul qilish muddati - 2026-yil 29 - aprel soat 11:00, gacha (mahalliy vaqt bilan).

Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/480682 Лот № 480682

6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.

Ilova:


Yuklash