2025-2026- yillarda Toshkent viloyatidagi «UMS» MCHJ obyektlarida joylashgan minoralarga, ustunlarga va temir tuzilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish b‘oyicha eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.
1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: 2025-2026- yillarda Toshkent viloyatidagi Yangiyo‘l, Nurafshon va Bekobod shaharlarida, shuningdek Yangiyo‘l, O‘rtachirchiq, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Chinaz, Bo‘ka, Quyichirchiq, Piskent va Zangiota tumanlarida «UMS» MCHJ obyektlarida joylashgan minoralarga, ustunlarga va temir tuzilmalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Anarbekov Elaman, eanarbekov@mobi.uz, +99897 403 – 82 – 40
3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.
4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati - 2025-yil 27 - noyabr soat 14:20, gacha (mahalliy vaqt bilan).
Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/458966, Lot №458966.
6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:Yuklash