2025-2026 yillari uchun Samarqand viloyatidagi “UMS” MChJ ob’yektlarida joylashgan minoralar, ustunlar va metall konstruksiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ochiq ma’lumot so‘rovi (RFI) to‘g‘risida xabarnoma.
1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: 2025-2026 yillari uchun Samarqand viloyatidagi “UMS” MChJ ob’yektlarida joylashgan minoralar, ustunlar va metall konstruksiyalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini bajarish uchun.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Korochkin Pavel Vladimirovich, pkorochkin@mobi.uz, +(99897) 403 – 82 – 26
3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 27 - аvgust soat 15:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) pkorochkin@mobi.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.
6. Izoh Quyidagi talablarga muvofiq:
Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.