"UMS" MChJning Toshkent sh. garaji hududida ochiq turdagi ombor qurilishi va unga tutash maydonni obodonlashtirish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash ishlarni bajarish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash to‘g‘risidagi xabarnoma.
1. Eng yaxshi takliflarni tanlab olish predmeti: "UMS" MChJning Toshkent shahri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 15-uy manzilidagi garaji hududida ochiq turdagi ombor qurilishi va unga tutash maydonni obodonlashtirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlarni bajarish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish o‘tkazilishini e’lon qiladi.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Atakuziev Samir Alisherovich, satakuziev@mobi.uz, +99897 403 – 82 – 34
3. Tanlov va Shartnoma shartlarining batafsil tavsifi - ushbu Xabarnomaning ajralmas ilovasi bo‘lgan Xarid hujjatlarida mavjud.
4. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati - 2025-yil 09 - may soat 11:36, gacha (mahalliy vaqt bilan).
Ishtirokchilar elektron tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan quyidagi havola orqali o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali Tanlov bo‘yicha elektron takliflarni taqdim etadilar: https://etender.uzex.uz/lot/425299, Lot №425299.
6. Xarid qilish tartib-taomilini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ishtirok etgan Ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:Yuklash