“UMS” MChJ ob’yektlarida joylashgan minoralar, tom va zamin tayanchlari, ko‘p qavatli qisqa RRL minoralari, quvurli tayanchlar, panjaralar va konteynerlarda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun ochiq ma'lumot so'rovi (RFI) to'g'risida xabarnoma.
1. Axborotni o‘rganish so‘rovnomasi (RFI) predmeti: “UMS” MChJ ob’yektlarida joylashgan minoralar, tom va zamin tayanchlari, ko‘p qavatli qisqa RRL minoralari, quvurli tayanchlar, panjaralar va konteynerlarda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun.
2. Tashkilotchi: “UNIVERSAL MOBILE SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “UMS” MChJ)
Tashkilotchining aloqador shaxslari:
- Korochkin Pavel Vladimirovich, pkorochkin@mobi.uz , +(99897) 403 – 82 – 26
3. Arizalarni qabul qilish boshlangan sanasi - bildirishnoma e’lon qilingan paytdan boshlab.
4. Takliflarni qabul qilish muddati 2025-yil 02 - aprel soat 17:00 gacha (mahalliy vaqt bilan).
5. Takliflarni elektron shaklda (.pdf) pkorochkin@mobi.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.
6. Izoh:
Xabarnoma Buyurtmachining ommaviy ofertasi hisoblanmaydi. Buyurtmachi axborotni o‘rganish uchun ochiq so‘rovda (RFI) ishtirok etgan ishtirokchilar oldida hech qanday majburiyatlarga ega emas.
Ilova:
Yuklash