Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Akkauntlaringiz uçun ikkitalik qulf: nima uçun ikki bosqiçli autentifikatsiyani yoqiş kerak

Noyabr oyidagi Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi doirasida Mobiuz mobil operatori tarmoqda xavfsizlikni ta’minlaşga oid tuşunarli va foydali maslahatlari bilan bölişişda davom etadi. Bugun ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va bank ilovalarini buzib kirişdan asraşning eng işonçli usullaridan biri — ikki bosqiçli autentifikatsiyani (2FA) körib çiqamiz.

Ilgari profilni himoya qiliş uçun murakkab parolning özi yetarli edi. Biroq bugun firibgarlar maxsus dasturlar yordamida kombinatsiyalarni tanlab topişni yoki soxta saytlar orqali ularni aldab olişni örganib olişgan. Şuning uçun endi faqat bitta parolning özi yetarli emas.

Oddiy misolda bu qanday işlaydi?

Xonadoningizning kiriş eşigini tasavvur qiling. Oddiy parol — bu bitta qulf demakdir. Agar kimdir kalitning nusxasini yasab olsa, u içkariga osongina kirib oladi.

Ikki bosqiçli autentifikatsiya — bu ikkinçi qulf bölib, uning kaliti faqatgina sizning qölingizda böladi:

1.    Birinçi qadam: odatiy login va parolingizni kiritasiz.

2.    Ikkinçi qadam: tizim bu haqiqatan ham siz ekanligingizni tasdiqlaşni söraydi — masalan, SMS orqali kelgan bir martalik kodni, bulutli parolni kiritiş yoki telefon ekranidagi tasdiqlaş tugmasini bosiş orqali.

Hatto firibgar parolingizni bilsa ham, smartfoningizsiz akkauntingizga kira olmaydi.

Bu oddiy foydalanuvçiga nima uçun kerak?

Köpçilik: «Sahifamda heç qanday sirli narsa yöq, kimga ham kerakman?» deb öylaydi. Aslida esa buzib kirilgan akkaunt boşqalarni çuv tuşiriş uçun tayyor qurol hisoblanadi. Firibgarlar Telegram yoki Instagramingizga kiriş huquqini qölga kiritgaç, döstlaringiz va yaqinlaringizga şoşilinç qarz sörab xabar yozişga tuşadilar. Ikkinçi bosqiçli himoya esa ularning bu yölini butunlay yopib qöyadi.

Himoyani hoziroq qayerda yoqiş mumkin?

Mobiuz 5 daqiqa vaqt ajratib, eng muhim uçta joyda ikki bosqiçli tekşiruvni faollaştirişni tavsiya etadi:

·         Messenjerlarda (Telegram, WhatsApp). Xavfsizlik sozlamalarida "Bulutli parol"ni (ikki bosqiçli autentifikatsiyani) yoqib qöying. Usiz, hatto SMS orqali kelgan kodni qölga kiritgan taqdirda ham, heç kim boşqa qurilmadan akkauntingizga kira olmaydi.

·         Ijtimoiy tarmoqlarda (Instagram, Facebook). "Parol va xavfsizlik" bölimiga öting va tizimga kirişni tasdiqlaş funksiyasini ulang.

·         Elektron poçtada. Banklar, davlat xizmatlari va işçi servislarning parollarini tiklaş elektron poçtaga boğlangan böladi — şuning uçun uning himoyasi birinçi örinda turişi şart.

Mobiuz’dan maslahat: maksimal işonçlilikni ta’minlaş uçun maxsus kod generatori ilovalaridan (masalan, Google Authenticator) foydalaning — ular hatto internetsiz ham işlaydi va oddiy SMS-xabarlarga qaraganda yaxşiroq himoya qiladi. Ertaga xotirjam böliş uçun hisoblaringiz xavfsizligi haqida bugundanoq qayğuring.

Ro‘yxatga qaytish