Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Izboskan tumanida Mobiuz’ning yangi ofisi

Mobiuz Andijon viloyati aholisiga yanada yaqinlashdi. Izboskan tumanida rasmiy xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi, bu yerda viloyat markaziga bormasdan ham mobil aloqa bo‘yicha har qanday masalani hal qilish mumkin.

Yangi ofis mutaxassislari Mobiuz mobil aloqasi bilan bog‘liq mutlaqo har qanday masalani hal qilishda yordam berishga tayyor. Bu yerda siz nafaqat yangi raqam ulashingiz, eSIM’ga o‘tishingiz yoki o‘z raqamingizni boshqa operator tarmog‘idan o‘tkazishingiz (MNP), balki eng ma’qul tarifni tanlashingiz, internet-paketlarni ulashingiz, qayta rasmiylashtirish jarayonidan o‘tishingiz va Mobiuz’ning barcha xizmatlari bo‘yicha shaxsiy maslahat olishingiz mumkin.

Manzil va ish tartibi:

• Andijon viloyati, Izboskan tumani, Naqshbandiy ko‘chasi, 155-uy

• Har kuni 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik: 13:00 – 14:00)

Sizni yangi ofisimizda kutib qolamiz!

Ro‘yxatga qaytish