Memorandumdan amaliyotga: Mobiuz Cisco korporatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi
.jpg)
Mobiuz mobil aloqa operatorining Markaziy ofisida kompaniya rahbariyati hamda Cisco korporatsiyasining katta vitse-prezidenti va Customer Experience (CX) tuzilmasining EMEA mintaqasidagi direktori Adel Trombetta boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif Mobiuz va Cisco o‘rtasida may oyida Londonda bo‘lib o‘tgan Cisco Connect 2026 UK & Ireland forumida imzolangan hamkorlik memorandumining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Tomonlar kompaniyalar o‘rtasida ko‘p yillar davomida o‘rnatilgan hamkorlikni yuqori baholadilar. Cisco tarmoq uskunalari operatorning barcha asosiy IT-infratuzilmasida «Mission Critical» rejimida - uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan jarayonlarda ishlaydi.
Uchrashuv davomida sun’iy idrok va axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar sun’iy idrok texnologiyalari, ma’lumotlar tahlili va kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy yechimlar operatorning IT va tarmoq infratuzilmasining himoyalanganligi, barqarorligi hamda samaradorligini qanday oshirishi mumkinligini ko‘rib chiqdilar.
Proaktiv tahlil va butun infratuzilma bo‘yicha yagona ko‘rinish IT-muhitning holati haqida yaxlit tasavvur berishi ta’kidlandi. Milliy miqyosdagi tarmoqqa ega operator uchun bu modernizatsiya va xizmat ko‘rsatishni oldindan rejalashtirish imkoniyatidir.
Uchrashuvda mazkur yo‘nalishlardagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ko‘p yillik hamkorlikka sodiqligini tasdiqladilar va Cisco‘ning mintaqaviy rahbariyatidan tortib to global rahbariyatigacha bo‘lgan barcha darajalarda muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mobiuz uchun ushbu ishlarning pirovard maqsadi - yanada barqaror aloqa, ma’lumotlarning ishonchli himoyasi va har bir abonent uchun yuqori sifatli xizmat ko’rsatishdir.