Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 210 dan ortiq 4G LTE tayanch stansiyasini ishga tushirdi

Ushbu hududlarda 2026-yilning sakkiz oyi davomida ortacha har 28 soatda bitta 4G LTE tayanch stansiyasi tarmoqqa ulandi.

Uchala viloyatda qurilish sharoitlari turlicha. Jizzax viloyati – bu zich joylashgan mahallalar, tuman markazlari va avtomobillar oqimi doimiy bolgan trassalar demakdir. Sirdaryo viloyati ixcham, unda qishloq aholi punktlarining ulushi yuqori. Navoiy viloyatida esa asosiy qiyinchilik masofada: yarimchol hududlar va viloyat markazidan bir necha soatlik yolda joylashgan alohida qishloqlar mavjud.

Shu sababli, bir xil obyekt turli tumanlarda turlicha quriladi. Ishning ozi faqat montajdan iborat emas, balki logistika, kirish yollarini tashkil etish, ruxsatnomalar olish va ilgari infratuzilma bolmagan joylarga texnikani yetkazib berishni ham oz ichiga oladi.

Qamrovning kengayishi internet istemoliga ham ta’sir ko‘rsatdi. Avgust oyida yanvar oyiga nisbatan uchala viloyatdagi trafik hajmi 17 foizga osib, haftasiga qariyb 3,2 million GBni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: bu hajm HD sifatidagi taxminan 1,5 millionta filmga yoki 3 million soatdan ortiq videoga tengdir.

Aloqa ilk bor paydo bolgan yoki barqarorlashgan joylarda mobil internetdan foydalanish hajmi ortib bormoqda. Dastlab bu faqat messenjerlar va qongiroqlar hisobiga bolsa, keyinroq videolar, ijtimoiy tarmoqlar, davlat va bank ilovalaridan foydalanish ham qo‘shiladi. Yani, gap shunchaki kongilochar xizmatlar haqida emas, balki kundalik vazifalar – malumotnoma olish, tolovlarni amalga oshirish, shifokor qabuliga yozilish, masofaviy talim kabi ehtiyojlar haqida bormoqda.

Mavjud obyektlar bilan ishlash – bu alohida yonalishdir. Bunga uskunalarni modernizatsiya qilish, ishlab turgan stansiyalar sigimini kengaytirish va yuklama ortgan sektorlarni qayta sozlash kiradi. Bunday ozgarishlar tashqaridan sezilmaydi: mahalla hududida yangi stansiya paydo bolmasligi mumkin, biroq tigiz vaqtlarda aloqa sifati yuqori bo’lib turadi.

Respublika boylab yangi obyektlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Uzoq hududlardagi mahallalar, avtomobil yollarining ayrim qismlari va asosiy trassalardan chetroqdagi aholi punktlari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ro‘yxatga qaytish