Biz ijtimoiy tarmoqlarda

JVR Telecoms vakillari bilan uchrashuv

2026-yil 7-sentyabr kuni Mobiuz mobil aloqa operatorining markaziy ofisida Jak Yansen van Rensburg boshchiligidagi JVR Telecoms kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

JVR Telecoms – bu 2026-yil iyun oyida Mobiuz’ni xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro tanlovda g‘olib chiqqan investorlar konsorsiumining a’zosi bo‘lgan JVR Capital Group kompaniyasining telekommunikatsiya bo‘linmasidir.

Tashrif davomida mehmonlar Mobiuz’ning texnik va texnologik rivojlanishi bilan tanishdilar. Ularga tarmoq infratuzilmasining holati, uni modernizatsiya qilish jarayoni hamda qamrov hududini, jumladan, respublika mintaqalarida yanada kengaytirishga doir yondashuvlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

 Kompaniyaning texnologik hamkorlar va uskuna yetkazib beruvchilar bilan ishlashi, shuningdek, aloqa tarmoqlariga zamonaviy yechimlarni joriy etishga yondashuvlari alohida ta’kidlandi.

 Uchrashuvning salmoqli qismi axborot texnologiyalari yo‘nalishiga bag‘ishlandi. Kompaniya mutaxassislari mavjud AT-yechimlarni taqdim etib, ushbu sohada amalga oshirilgan loyihalar va raqamli tizimlarni yanada rivojlantirish rejalari xususida so‘zlab berdilar.

 Tomonlar kompaniyaning istiqbolli loyihalarini ko‘rib chiqib, kelgusi davr uchun rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

 Uchrashuv yakunida tomonlar uning konstruktiv ruhda o‘tganini qayd etib, hamkorlikni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.

Ro‘yxatga qaytish