Mobiuz «Uzum Sayli» festivalini sifatli aloqa va internet bilan ta’minlaydi

21–22-avgust kunlari Toshkent viloyatining ko‘rkam Parkent tumanidagi Zarkent qishlog‘ida har yilgi uzum, milliy an’analar va mehmondo‘stlik bayrami — «Uzum Sayli» bo‘lib o‘tadi. Mobiuz mobil operatori tadbir mehmonlari hamda ishtirokchilarining qulayligi uchun ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi mobil internetni ta’minlaydi.
«Uzum Sayli» festivali — har yili mamlakatimizning eng ilg‘or fermer xo‘jaliklarini birlashtiradigan hududning eng yorqin voqealaridan biridir. Bayram mehmonlarini o‘nlab uzum va meva navlari degustatsiyasi, hunarmandlar ko‘rgazmalari, milliy taomlar hamda ko‘lamli gala-konsertlar kutmoqda.
Keng ko‘lamli festival munosabati bilan infratuzilmasi kichik bo‘lgan ushbu tog‘li hududga bir vaqtning o‘zida minglab turistlar va ishtirokchilar tashrif buyuradi. Tarmoqqa tushadigan yuqori yuklamaning oldini olish maqsadida Mobiuz Zarkentda qo‘shimcha ko‘chma tayanch stansiyani ishga tushirdi.
Kompaniyaning texnik mutaxassislari odamlar eng ko‘p to‘planadigan joylarni oldindan tahlil qilib, tuman tarmoq uskunalarini tig‘iz soatlardagi yuklamaga mos ravishda sozladilar. Buning sharofati bilan «Uzum Sayli» mehmonlari doimiy aloqada bo‘lishlari hamda foto va videolarni real vaqt rejimida ulashishlari mumkin.
Mobiuz festivalning barcha tashrif buyuruvchilariga ko‘tarinki kayfiyat va maroqli hordiq tilaydi!