Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz Farg‘ona viloyatida tarmoq qamrovi va mobil internet tezligini oshirdi

Biz Farg‘ona vodiysida texnik infratuzilmani bosqichma-bosqich yangilashda davom etmoqdamiz. Aloqa sifati va mobil internet tezligi hatto yuqori yuklama paytida ham barqaror bo‘lishi uchun Mobiuz mutaxassislari yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirishdi hamda mavjud uskunalarni modernizatsiya qilishdi.

Aloqa sifati qayerda yaxshilandi:

·         Farg‘ona shahri: «Ahmad Al-Farg‘oniy», «Istiqlol», «Istiqbol», «Mash’al», «O‘rta Sho‘ra», «Hamkorlik», «Xodjamag‘iz», «Yulduz» MFYlar va Murabbiylar ko‘chasi

·         Qo‘qon shahri: «Aziztepa», «Marg‘ilon darvozasi», «Temiryo‘lchi», «Urganjibog‘», «Usta bozor» MFYlar

·         Marg‘ilon shahri: «Navro‘z» MFY

·         Beshariq tumani: «Nurafshon» MFY

·         Furqat tumani: «Ingichka» MFY

·         Oltiariq tumani: «Katput» MFY

·         Qo‘shtepa tumani: «Katta Beshkepa», «O‘rta Oqchi» MFYlar

·         Uchko‘prik tumani: «Anhor bo‘yi» MFY

·         O‘zbekiston tumani: «Rajabgardi» MFY

Yaqinlaringiz bilan har doim aloqada bo‘lishingiz va sevimli onlayn xizmatlardan qulay foydalanishingiz uchun tarmoqni kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda.


Ro‘yxatga qaytish