Biz ijtimoiy tarmoqlarda

21 000-yillik videoqo‘ng‘iroq: Mobiuz’ning Toshkent shahri va viloyati abonentlari qanchalik ko‘p internetdan foydalanishmoqda?

Mobiuz mobil aloqa operatori Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tarmoqlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Kompaniya 400 dan ortiq 4G LTE tayanch stansiyasini ishga tushirdi.

Mobiuz O‘zbekistonning barcha hududlaridagi texnik rivojlanish haqidagi materiallar turkumini davom ettirmoqda. Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatiga oid avvalgi materiallar bilan pr.mobi.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Rekord darajadagi internet-trafik

2026-yilning 6 oyi davomida Mobiuzning Toshkent shahri va butun Toshkent viloyatidagi abonentlari 186,6 million gigabayt internet sarfladi.

Qiyoslaydigan bo‘lsak, bu hajm 4K sifatidagi 26,6 millionta filmni onlayn tomosha qilishga yoki 21 000-yil davomida uzluksiz videoqo‘ng‘iroq qilishga yetarli bo‘lar edi.

Bir necha yil avval bunday ko‘rsatkichlar fantastikadek tuyulardi. Ammo yillar o‘tgani sayin abonentlarning internetga bo‘lgan ehtiyoji doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

Ishonchli qamrovga ega joylar ko‘paymoqda

2026-yilning birinchi yarmida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 400 dan ortiq yangi LTE tayanch stansiyasi ishga tushirildi.

Poytaxtning Qo‘yliq, Sergeli, Chilonzor, Ibn Sino, Qorasuv, TTZ, Yunusobod, Olimpiya, Qoraqamish kabi mavzelarida va o‘nlab boshqa manzillarda qamrov yaxshilandi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Xalqaro aeroport, "Bekto‘pi", "Eski Juva", "Mirobod Dehqon Bozori" bozorlari, "Tashkent Index" sanoat biznes-parki, "Chilonzor" savdo markazi, "Chig‘atoy" savdo ko‘ngilochar markazi kabi ijtimoiy ahamiyatga molik hududlarda aloqa sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi.

Modernizatsiya natijalari

Toshkent viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilning ikkinchi yarmida viloyatning bir qator tuman va shaharlarida (SWAP loyihasi bo‘yicha) tarmoqlar to‘liq modernizatsiya qilingandi. Natijada ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 90 foizga oshdi.

2026-yilning birinchi yarmida aloqa va internet sifatini yanada yaxshilash ishlari davom ettirildi. Natijada, joriy yilning olti oyi mobaynida abonentlar tomonidan foydalanilgan internet-trafik o‘rtacha 28,5 foizga o‘sdi.

Yangi tayanch stansiyalari nafaqat Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida, balki Xo‘jakent, Xumson, G‘azalkent, Burchmulla, Sijjak, Beldirsoy kabi mashhur sayyohlik maskanlarida ham o‘rnatildi.

Har bir hudud – e’tiborda

Abonentlar tarmoq qanday qurilayotgani va rivojlanayotganini deyarli ko‘rmaydi. Ammo ular buni his qiladi: video tezroq yuklanadi, suhbatdoshning ovozi tiniqroq eshitiladi, avvallari aloqa uzilib-uzilib ishlaydigan joylarda ham internet barqaror bo‘ladi.

Mobiuz texnik mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mohiyati ham aynan shunda.

Ro‘yxatga qaytish