Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Urganchdan Nukusgacha: Mobiuz ochiq muloqot formatini kengaytirmoqda

23–24-aprel kunlari Mobiuz ikkita shaharda – Urganch va Nukusda navbatdagi fuqarolar qabullarini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlar avvalroq Jizzax va Navoiy shaharlarida bo‘lib o‘tgan abonentlar bilan ochiq muloqotlarni davomi bo‘ldi.

Tadbirlar formati o‘zining asosiy xususiyati — rasmiyatchiliksiz, bevosita muloqotni saqlab qoldi. Abonentlar kompaniya vakillariga shaxsan murojaat qilish, savollar berish va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu takliflar esa kompaniyaning tegishli mutaxassislari tomonidan zudlik bilan ishga qabul qilindi.

Uchrashuvlarda abonentlardan tashqari kompaniya dilerlari ham qatnashdi. Ular nafaqat mijozlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar, balki foydalanuvchilarning dolzarb so‘rovlari va istaklarini ham yetkazishdi.

Mobiuz uchrashuvlar geografiyasini kengaytirib, muloqotga ham abonentlarni, ham hamkorlarni jalb qilgan holda bozor ehtiyojlarini yanada yaxlitroq anglamoqda. Bunday yondashuv kompaniyaga nafaqat so‘rovlarga javob berish, balki qayta aloqani aniq yechimlarga aylantirib, kutilmalardan ham oldinroq harakat qilish imkonini beradi.



Ro‘yxatga qaytish