Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz vakillari “Temurbek” tarixiy asari taqdimotida ishtirok etdi

“Mobiuz” mobil operatori vakillari buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Temurbek” tarixiy asarining teatrlashtirilgan taqdimotida ishtirok etdi.

Tadbir davlat tuzilmalari, soha idoralari vakillarini, shuningdek, ta’lim, madaniyat va raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislarini birlashtirgan muhim madaniy voqeaga aylandi. Taqdimot doirasida Amir Temurning bolalik va o‘smirlik davri, uning shaxs hamda bo‘lajak yetakchi sifatida shakllanishining asosiy bosqichlarini aks ettirgan sahnalashtirilgan ko‘rinish namoyish etildi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali qalamiga mansub «Temurbek» tarixiy asarida Sohibqiron hayotining ilk yillari, uning xarakteri va dunyoqarashi shakllanishi yoritilgan. Mazkur nashr Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tayyorlangan.

Mobiuz vakillarining bunday madaniy-ma’rifiy tashabbuslarda ishtirok etishi kompaniyaning milliy merosni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar va mamlakat tarixiy merosi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashga sodiqligini ta’kidlaydi.

       

Ro‘yxatga qaytish