Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Navoiy estafetani qabul qildi – Mobiuz fuqarolar qabullari turkumini davom ettirmoqda

Mobiuz’ning abonentlar bilan ochiq uchrashuvlari turkumi davom etmoqda. 31-mart kuni Navoiy yo‘nalishning navbatdagi nuqtasiga aylanib, unda aholi kompaniya vakillariga shaxsan murojaat qilib, dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuv ochiqlik va rasmiyatchilikning yo‘qligi kabi asosiy tamoyillarni o‘zida saqlab qolgan formatda o‘tdi. Murojaatlar qabul qilinib, tezkorlik bilan kompaniyaning tegishli soha mutaxassislariga ishga yuborildi.

Qabulda Bosh direktorning Marketing va sotuvlar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova ishtirok etib, abonentlar bilan muloqotga rahbarlik qildi, murojaatlarni shaxsan ko‘rib chiqdi va bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda kelgusi rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Diqqat markazida aloqa barqarorligi, mobil internet tezligi, chekka hududlarda infratuzilmani rivojlantirish kabi abonentlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mavzular bo‘ldi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati va murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari bilan bog‘liq masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi.

Jizzaxda boshlangan hududiy uchrashuvlar turkumini rivojlantirishda Navoiy navbatdagi qadam bo‘ldi. Yaqin kelajakda Mobiuz abonentlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot geografiyasini kengaytirgan holda ushbu formatdagi uchrashuvlarni boshqa shaharlarda ham davom ettiradi.

Ro‘yxatga qaytish