Jizzaxda fuqarolar qabuli
.jpg)
Jizzax shahri Mobiuz mobil operatorining abonentlar bilan yillik uchrashuvlari turkumining boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi. Aynan shu yerda viloyat aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lgan joriy yildagi birinchi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv formati rasmiyatchiliklarsiz ochiq va jonli muloqotni nazarda tutdi, har bir xohlovchi kompaniya vakillariga shaxsan murojaat qilishi mumkin edi. Texnik va tijorat bo'linmalari mutaxassislari qiziqtirgan masalalarni batafsil tushuntirdilar va kelgusida ishlab chiqish uchun takliflarni qayd etdilar.
Muhokamaning asosiy mavzulari orasida mobil aloqa barqarorligi, internet tezligi, chekka hududlarda tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, yangi mahsulotlar va qulay raqamli xizmatlarni ishga tushirish kabilar bor. Xizmat ko‘rsatish sifati va murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq qabullar kompaniyaga ob’ektiv fikr-mulohazalarni olish va abonentlarning haqiqiy ehtiyojlariga asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Shakllangan an’anaga ko‘ra, Mobiuz bunday uchrashuvlarni mamlakatning boshqa hududlarida ham o‘tkazishda davom etadi.