Mobiuz mamlakat hududlari bo‘ylab o‘z tarmoq qamrovini kengaytirishni davom ettirmoqda
Mobiuz mobil operatori o‘z tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ishlarini davom ettirmoqda. Kompaniya O‘zbekistonning har bir burchagida abonentlarni sifatli va barqaror aloqa bilan ta’minlashga intilmoqda.
Aloqa infratuzilmasini rejali ravishda kengaytirish doirasida mamlakatning bir qator hududlarida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Buning natijasida quyidagi aholi punktlari aholisi va mehmonlari yanada barqaror signal va yuqori ma’lumot uzatish tezligidan foydalanishlari mumkin:
Buxoro viloyati
Buxoro shahri — “Eski shahar” hududi
Jizzax viloyati
G‘allaorol tumani — MFY “Ko‘kgumbaz”
Jizzax shahri — MFY “Sayiljoy”
Samarqand viloyati
Ishtixon tumani — MFY “Bog‘ihon”
Qo‘shrabot tumani — MFY “Chimmoz”
Samarqand shahri — MFY “G‘iyosiddin Jamshid”, “Shodiyona”
Samarqand tumani — MFY “Qorasuv”
Urgut tumani — MFY “Birlik”, “Nisbot”, “Yuqori Sanchikul”
Surxondaryo viloyati
Boysun tumani — MFY “Kosiblar”
Sherobod tumani — MFY “Chuyinchi”
Mobiuz - raqamli dunyoda ko‘proq qamrov, muloqot qilish, ishlash va yashash uchun yanada ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi.