Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz ko‘ngilli xodimlari alohida ehtiyojli bolalarga bayram sovg‘a qilishdi

Har yili Yangi yil bayrami nishonlanadigan kunlarda Mobiuz xodimlari tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Bu yili shunday aksiya doirasida alohida ehtiyojli 30 nafar bolaga sovg‘alar ulashildi.

Xayriya aksiyalari alohida ehtiyojli bolalar uchun ham, xodimlarning o‘zlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Bolalar uchun bu nafaqat sovg‘alar va moddiy yordam, balki g‘amxo‘rlik va e’tiborni his qilish imkoniyati hamdir. Bolalarning har bir tabassumi va minnatdorligi bunday tashabbuslarning muhimligini eslatadi.

Xodimlarga xayriya tadbirlarida ishtirok etish – bu o‘zlarini keng ko‘lamdagi ezgu ishlarning bir qismi sifatida his qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ko‘ngillilik jamoaviy ruhni mustahkamlaydi, empatiyani rivojlantiradi va birlik muhitini yaratadi. Ezgu ishlar ustida birgalikda ishlash kundalik majburiyatlardan tashqariga chiqish va o‘z sa’y-harakatlarining haqiqiy ta’sirini ko‘rish imkonini beradi.

Bundan tashqari, bunday aksiyalar yanada insonparvar va ijtimoiy mas’uliyatli ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi. Xodimlar o‘z xatti-harakatlari haqiqatan ham hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirishini tushunishadi va bu ularni ham kasbiy, ham shaxsiy hayotda ilhomlantiradi. Natijada kompaniya nafaqat o‘z maqsadlariga erishadi, balki yordam va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash qadriyatlariga asoslangan madaniyatni shakllantiradi.

Yangi yil bayrami kunlarida Mobiuz mobil operatori xodimlari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) bilan hamkorlikda yana bir bor ezgulik va ijtimoiy mas’uliyatga sodiqligini namoyish etdi.

Video

Operatorning volontyor xodimlari tomonidan pul mablag‘lari to‘planib, sovg‘alar - RBIMM qaramog‘idagi 30 nafar bola uchun shirinliklar va kanselyariya mahsulotlari xarid qilindi. Ular kompaniyaning korporativ sovg‘alari bilan birga bolalar va ularning ota-onalariga bayramona tarzda topshirildi.

"Xodimlarimizning befarq bo‘lmaganligi va tashabbusi tufayli yig‘ilgan mablag‘lar yorqin his-tuyg‘ular, quvonchli tabassumlar va iliq xotiralarga aylandi. Bu oddiy, ammo shunday muhim qadamlardan boshlab dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun birgalikda harakat qilishimiz mumkinligini isbotlaydi," - dedi Mobiuz PR direktori Sardor Tojiyev.

Mobiuz ushbu aksiyaga hissa qo‘shgan barcha xodimlar, ko‘ngillilar va RBIMMga samimiy minnatdorchilik bildiradi. Birgalikda, umumiy sa’y-harakatlar bilan har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tib, yanada yorug‘ kelajakni yaratish mumkin.

Ro'yxatga qaytish