Mobiuz kibersport jamoasi CS2 o‘yini bo‘yicha Corporate Cup 6 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi!
Korporativ kibersport jamoaviy ruhni rivojlantiradi, xodimlar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni yaratish va mustahkamlashga yordam beradi. Mobiuz kompaniyasi kibersportni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda hamda o‘yinchilar uchun qulay muhit, turnirlar va tadbirlarda ishtirok etish uchun sharoit yaratib kelishga intilmoqda.
2024-yil 19-oktyabrdan 3-noyabrgacha FRAG.GG kibersport portali InfinBank bilan hamkorlikda CS2 yo‘nalishi bo‘yicha Corporate Cup korporativ turnirining oltinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
19-20-oktyabr hamda 26-27-oktyabr kunlari Mobiuz jamoasi KapitalBank, Uzum-2, CA.store, SQB bank, Uzum va Uztelecom Soft kabi raqiblar bilan o‘ynadi. Turnirning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, Mobiuz vakillari kuchli sakkizlikka kirdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Turnir jamoaga ko‘plab yorqin lahzalarni: keskin bahslar, qiziqarli o‘yin taktikasi va muhit taqdim etdi. Bunday tadbirda ishtirok etish nafaqat mahoratni namoyish etish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, shuningdek, boshqa ishtirokchilar bilan tajriba almashish imkonini berdi.